Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlari!

Foydalanish kelishuvi

LEOSMEDSCHOOL.UZ

Sayt ma’lumotlaridan foydalanish shartlari va xavfsizlik yo‘riqnomasi Bir tomondan «LeosMedSchool» mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori Mukumjanov M., hamda ikkinchi tomondan LeosMedSchool.uz saytidan foydalanuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik talablariga muvofiq o‘zaro bitimga kelishadilar.

Mazkur oferta O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik talablariga binoan internet tarmog‘idan foydalanish huquqi cheklanmagan barcha shaxslar uchun ommaviy, ochiq-oshkoralik asosida olib boriladigan shartnoma hisoblanadi.

Terminlar va ta’riflar.

1.1. LeosMedSchool – «LeosMedSchool» mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkiloti, Foydalanuvchilarning talabi asosida, internet orqali ijroni nazoratga olgan holda masofadan turib tibbiyotga oid ma’lumotlarni mutoalasini ta’minlab beruvchi portal hisoblanadi.

1.2. Foydalanuvchi – Internet tarmog‘idan foydalangan holda LeosMedSchool.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan, saytdagi ma’lumotlargan foydalanish uchun obunaga ega bo‘lgan yoki sinab ko‘rish xizmatidan foydalanib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxs.

1.3. Oferta – sotuvchining nomuayyan shaxslar doirasiga chakana savdo-sotiq qilish yo‘li bilan masofadan turib Internet orqali turli xizmatlar ko‘rsatish va sotib olish bo‘yicha LeosMedSchoolning shartlari doirasida Shartnoma tuzishga qaratilgan taklifdir.

1.4. Tomonlar – shartnoma bo‘yicha bir bitimga kelayotgan Foydalanuvchi va LeosMedSchool.

1.5. Xizmatlar – Foydalanuvchining buyurtmasi va tanlagan obunasi asosida, Internet orqali masofadan turib taqdim qilingan to‘lov asosida qatdim etiladigan ma’lumotlar, testlar, vaziyatli masalalar va h.k.

1.5. To‘lov usuli – Foydalanuvchi tomonidan obuna uchun saytda belgilangan o‘ziga qulay va tanlangan to‘lov yo‘li hisoblanib, obunaning shaklida uning nomi ko‘rsatiladi (“Click” yoki “Payme”, shuningdek “Upay”).

1.6. Shaxsiy kabinet – Foydalanuvchining LeosMedSchool saytidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar saqlaydigan shaxsiy sahifasi. Shaxsiy kabinetga kirish faqat shaxsning login (telefon raqami) va paroli orqali amalga oshiriladi.

2. Umumiy shartlar

2.1. Ushbu Shartnoma hamda Saytdagi taklif etilayotgan Xizmatlar Ommaviy oferta hisoblanadi.

2.2. Foydalanuvchi Saytda obunaga ega bo‘lishi yoki sinab ko‘rish xizmatidan foydalanishi (ro‘yhatdan o‘tishi) uchun mazkur Shartnoma shartlariga to‘liq rozilik bildirishi va ularni qabul qilishi lozim.

2.3. LeosMedSchool, zarur holatlarda Shartnoma shartlariga o‘z tomonidan o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.

2.4. LeosMedSchool Xizmatlarni amalga oshirish jarayoniga Foydalanuvchining roziligisiz uchinchi tomonni jalb etish huquqiga ega.

2.5. Xizmatdan foydalanish jarayonida va xizmat yuzasidan qo‘shimcha savolga, maslahatga ehtiyoj paydo bo‘lganda Foydalanuvchi birinchi bo‘lib LeosMedSchoolga murojaat qilishi lozim. Ushbu talabni qondirish uchun Foydalanuvchi Saytda ko‘rsatilgan: “Biz bilan bog‘lanish” tugmasidagi elektron manzil yoki ko‘rsatilgan telefon raqami orqali LeosMedSchoolga murojaat qilishi lozim.

2.6. Foydalanuvchi Saytdan olingan Xizmat va uning ma’lumotlarini, grafik va klinik tasvirlar, har qanday turdagi diagnostik ma’lumotlarni va boshqa nomoddiy mulklar (huquqlar) ni boshqa shaxslarga bermaslik va ularni tijorat maqsadlarida ishlatmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Foydalanuvchi bunday xatti harakatlar qonun buzilishiga olib kelishini to‘liq idrok etadi.

2.7. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Ma’lumot uchun: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasi hamda Jinoyat kodeksining -moddasiga ko‘ra mualliflik huquqi hamda turdosh huquqlarni buzish ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

2.8. Saytdan olingan elektron manbalarni faqatgina LeosMedSchool.uz sayti hamda ilovalari orqali (internetsiz) yoki Onlayn (internet orqali) tarzda o‘qish mumkin.

2.9. Saytdagi faktlar va ularning mazmuni uchun foydalanilgan manbaa mualliflari javobgardir. Saytdagi faktlar va ularning mazmuni uchun LeosMedSchool hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Saytdagi ma’lumotlar LeosMedSchool MCHJ tomonidan tibbiyotga oid yetakchi manbalardan tarjima qilingan bo‘lib, ma’lumotlarning to‘g‘riligi yuzasidan javobgar hisoblanmaydi. Shuningdek, foydalanuvchilar ham o‘zlari yozgan mulohazalar uchun mas’uldirlar.

2.10. Qoidalarni qasddan buzgan foydalanuvchilar bloklanadi.

2.11 Saytning fikr bildirish bo‘limidan reklama va boshqa maqsadlarda foydalanish, mutlaqo taqiqlanadi.

3. Obuna bo’lish tartibi va shartlari

3.1. Ma’lumotlardan to‘liq foydalanish uchun Foydalanuvchi Saytdagi mavjud obuna turlaridan birini rasmiylashtiradi. Birinchi marta obuna sotib olayatgan Foydalanuvchi “ro‘yxatdan o‘tish” jarayonidan o‘tadi, keyingi holatlarda obunaga shaxsiy kabinet orqali ega bo‘ladi.

3.2. Ro‘yxatdan o‘tish – Foydalanuvchi ma’lumotlar bazasidan foydalanishi uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni saytda keltirilgan “Ro‘yxatdan o‘tish” shakli asosida to‘ldirilishidir. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng Foydalanuvchiga shaxsiy kabinet ochiladi. Foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga kirgach o‘zi haqidagi barcha ma’lumotlarni mustaqil o‘zgartirib borishi hamda o‘ziga ma’qul bo‘lgan obuna shakliga ega bo‘lishi mumkin.

3.3 Web-saytdagi shaxsiy kabinet faqat bitta shaxs nomiga rasmiylashtiriladi va shaxsiy kabinetdan faqat o‘sha shaxs tomonidan foydalanilishi mumkin.

3.4. Faqat Ro‘yxat (Avtorizatsiya) dan o‘tgandan so‘ng obuna bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi. Obunani aktivlashishi, to‘lovning tegishli to‘lov tizimlari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng amalga oshadi.

3.5. Ro‘yxatdan o‘tishda taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga Foydalanuvchi to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

3.6. Foydalanuvchi tomonidan to‘lov to‘liq o‘tkazilgandan so‘ng Xizmatlar amalga oshiriladi.

3.7. To‘lov amalga oshirilgan obuna muddati tugagan kundan boshlab xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi.

3.8. Foydalanuvchi saydan faqat 2 ta qulirma orqali foydalana oladi. 3-qurilmadan foydalanishi uchun, qo‘shimcha qurilma qo‘shish xizmatini sotib olishi kerak bo‘ladi.

3.7. Shaxsiy kabinet foydalanuvchisi xizmat ko‘rsatishdan muddatidan oldin voz kechgan taqdirda, to‘lov summasi qaytarib berilmaydi.

3.8. To‘lanishi zarur bo‘lgan mablag‘ miqdori LeosMedSchool tomonidan o‘zgartirib borilishi mumkin. Bunday o‘zgartirishlar rasmiylashtirilgan va to‘lov amalga oshirilgan obunalarga taaluqli emas.

4. E’tirozlarni taqdim etish

4.1. Foydalanuvchi OBUNANI SOTIB OLGANIDAN SO‘NG, saytdagi xizmat va ma’lumotlar bazasi uni qoniqtirmagan taqdirda, LeosMedSchoolga E’TIROZ BILDIRISH HUQUQIGA EGA EMAS! LeosMedSchool saytdagi ma’lumotlar uchun e’tirozlarni qabul qilmaslik huquqiga ega. Saytdagi ma’lumotlar bilan qisman tanishish maqsadida SINAB KO‘RISH XIZMATIDAN BEPUL FOYDALANISH MUMKIN.

5. Javobgarlik va boshqa shartlar.

5.1. Obuna rasmiylashtirishda Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar (familiya, ism, sharif, manzil, indeks, elektron pochta, telefon raqami va boshqalar) ning ishonchliligiga to‘liq javobgarlik Foydalanuvchi zimmasiga yuklanadi. Agar Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi natijasida Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajara olmasalar, unda LeosMedSchool obuna taqdim etilmasligi holatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi, bunda kelib chiqadigan oqibatlarni o‘zidan soqit qiladi.

5.2. Saytdagi maqolalar bo‘limida yoki boshqa fikr bildirish maydonida qo‘pol (haqoratli); umuminsoniy axloq va odob normalariga to‘g‘ri kelmaydigan; irqiy, milliy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi so‘zlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Bunday xolatlar aniqlangan taqdirda LeosMedSchool tomonidan foydalanuvchining akkaunti bloklanadi.

5.3. Registratsiyadan o‘tish jarayonida akkaunt ma’lumotlari qatorida provakatsion, haqoratli so‘zlar ishlatish, avatar suratida provakatsion, haqoratli, erotik, pornografik tasvirlar ishlatilishi man etiladi. Bunday xolatlar aniqlangan taqdirda, LeosMedSchool tomonidan foydalanuvchining akkaunti bloklanadi va tegishli organlarga foydalanuvchi to‘g‘risida ma’lumot yetkazilishi mumkin.

5.4. Saytdagi maqolalar bo‘limida boshqa foydalanuvchilar tomonidan joylangan maqolalardagi faktlar va ma’lumotlar to‘g‘riligiga, ichonchliligiga Gippopakmp kafolat bermaydi. Har bir joylangan maqolaning mazmuniga va ichidagi ma’lumotlariga maqolaning muallifi javobgar hisoblanadi.

5.5. Foydalanuvchi saytga maqola kiritayatganda maqolaning matniga hamda maqolalardagi tasvirlarga bo‘lgan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

5.6. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy kabineti ma’lumotlari (login, telefon raqami, paroli va h.k.) ni boshqa shaxslarga taqdim etmasligi majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shaxsiy kabinet paroli unutilgan holatda, foydalanuvchi uchun kabinetga kirish imkonitayini tiklash zimmasini LeosMedSchool o‘z zimmasiga olmaydi. Lekin tegishli kontakt adresslariga murojaat qilgan qilingan taqdirda yoki parolni tiklash xizmatidan foydalanilgan holda kabinetga kirish imkoniyatini tiklashga LeosMedSchool foydalanuvchiga o‘z yordamini ko‘rsatadi.

5.6. LeosMedSchool Saytni ommabopligini oshirish maqsadida turli shou, o‘yinlar va boshqa aksiyalarni o‘tkazishi mumkin. Bunda, aksiya boshlanish muddatigacha sotib olingan obunalar uchun hech qanday chegirmalar taqdim etilmaydi.

5.7. Foydalanuvchi saytda Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng mazkur Oferta orqali Shartnoma shartlari bilan to‘liq tanishib chiqqanligini va bu shartlarga o‘z roziligini bildiradi.

5.8. LeosMedSchool Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda himoyada bo‘lishiga va sir saqlanishiga javobgar hisoblanadi.

5.9. Ushbu qoidalarda nazarda tutilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tartibga solinadi. Ushbu qoidalarda nazarda tutilgan yoki u bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha nizolar, talablar yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda taraflar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal etish choralarini ko‘radilar.

5.10. Saytdagi video ma’lumotlar saytdan tashqaridagi resurslarda joylangan. Saytdan tashqaridagi axborot resurslarining giperhavolalariga o‘tilganda, foydalanuvchi saytdan chiqib ketadi. Saytdan tashari axborot resurslarida joylashtirilgan, LeosMedSchool platformasiga aloqasi bo‘lmagan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga LeosMedSchool javob bermaydi.

5.11. LeosMedSchool sayt faoliyati davomida texnik nosozliklar yuz berganida, foydalanuvchilarning saytga kirish imkoniyati bir oy davomida uzluksiz 5 sutkadan kam vaqt mobaynida cheklangan taqdirda foydalanuvchi uchun hech qanday chegirmalar taqdim etilmaydi, to‘langan mablag‘ summasi qaytarilmaydi. Saytga kirish imkoniyati uzluksiz 5 sutkadan ko‘p vaqt mobaynida cheklangan taqdirda, sayt faoliyadi ishga tushgach, foydalanuvchining LeosMedSchoolga yozma murojaati asosisa foydalanuvchi uchun bepul 1 oylik obuna taqdim etiladi.